Menyu

Milliy malaka tizimini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish uslublari

Jan. 30, 2025

2

Milliy malaka tizimini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish uslublari

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etilgan.

Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi, tarmoq kengashlari va malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkiliy-uslubiy, ekspert va tahliliy jihatdan ta’minlash, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarining ishlab chiqilishi bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshirish, malakalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, faoliyatini monitoring qilish, milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini joriy etish, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tarmoq kengashlari a’zolari va malakalarni baholash markazlari xodimlarining malakasini oshirish hamda vazirlik va idoralardagi kasbiy malakalarni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga amaliy yordam berish Institutning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Shu vazifalarni inobatga olgan holda, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Milliy malaka tizimini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish uslublari” mavzusida ikki kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Powered by GSpeech