Sept. 29, 2025
2
O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlashga erishish uchun mehnat bozori va ta’limning o‘zaro integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, barcha uchun hayoti davomida ta’lim olish hamda mehnat faoliyatini izchil davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Shu maqsadda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda YUNESKO hamkorligida 4 kun davom etgan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Institut xodimlari, Tarmoq kengashi vakillari hamda sohaning malakali mutaxassislari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasida Milliy malaka tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda “Yo‘l xaritasi” doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda xalqaro ekspertlar – Olav Aarna hamda Jean-Marc Сastejonlar o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi. Xususan, ular Estoniya hamda Fransiya davlatlarida qo‘llanilayotgan modellar, ularda malaka standartlari va o‘quv natijalarini belgilashda qo‘llaniladigan mezonlar misolida ishtirokchilar uchun qator amaliy tavsiyalar taqdim etdi. Shuningdek, seminar-trening davomida soha mutaxassislari yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish, oliy va kasbiy ta’lim dasturlarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishini hamda milliy malaka darajalarining ilg‘or xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalarini almashdi.Milliy malaka tizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik