Menyu

Umumiy qoidalar

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) xodimlarning egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubining asosiy qoidalari yigʻindisidan iborat. Qoidalar davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan. Xodimning Qoidalarga amal qilish majburiyati Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutiga ishga qabul qilingan kundan boshlab kelib chiqadi. Ishga kirayotgan shaxslar Qoidalar bilan imzo qoʻydirgan holda tanishtiriladilar. Xodimlar barcha qonunchilik hujjatlari va Qoidalar talablariga rioya etishlari shart. Qoidalarga rioya etish xodimlarning kasbiy foliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Qoidalarga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

Powered by GSpeech