Menyu

O‘zbekiston hamda Turkiya malakalar tizimidagi hamkorlik

Nov. 18, 2025

4

O‘zbekiston hamda Turkiya malakalar tizimidagi hamkorlik

17-noyabr kuni Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti xodimlaridan iborat delegatsiya malakalar tizimida boy tajribaga ega bo‘lgan Turkiya Respublikasi Kasbiy malaka tashkiloti (Mesleki Yeterlilik Kurumu – MYK)ga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning ilk kunida MYK raisi Aşkın Tören hamda Institut direktori A.Allabergenovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ikki mamlakat rahbarlari boshlab bergan samarali ishlar va do‘stona aloqalarning davomi bo‘lib, malakalar tizimidagi hamkorlikning dastlabki qadami sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda MYK direktori Turkiya malakalar tizimining joriy holati to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jumladan, Turkiyada bugungi kunda 937 ta kasb standarti va 694 ta milliy malaka standartlari ishlab chiqilganligi, shuningdek, 267 ta malakani baholash markazi faoliyat yuritayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, MYK tomonidan hozirgi kunga qadar 3,2 million talabgorga malaka sertifikatlari taqdim etilganligiga alohida to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida Institut direktori O‘zbekiston Milliy malaka tizimida olib borilayotgan amaliy jarayonlar bo‘yicha taqdimot qildi. Taqdimotda tarmoq kengashlari, kasbiy standartlar ishlab chiqish jarayonlari to‘g‘risida hamda Institutning natijalari va strategik rejalari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berilib, o‘zaro fikr almashinildi.

Powered by GSpeech