Menyu

Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘llar tashkil etiladi

Nov. 26, 2025

5

Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘llar tashkil etiladi

Toshkent shahridagi inversiya holatini bartaraf etish, havo sifatini yaxshilash maqsadida sun’iy ko‘llar va suv havzalari tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentining poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonida belgilab berildi.
Endilikda Toshkent shahri hududida atmosfera havosining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mikroiqlim barqarorligini ta’minlash maqsadida poytaxtning 4 ta tomonida (sharq, g‘arb, shimol va janub qismlarida) kamida 3 tadan sun’iy ko‘l va suv havzalarini tashkil etiladi.
Farmonda belgilanganidek, poytaxt hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahri hududidagi favvoralar soni kamida 2 baravarga ko‘paytiriladi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahrining barcha tumanlarida “yashillik” darajasi past bo‘lgan 3 tadan uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan ko‘chalarni tanlab olish orqali “Soyali sayr ko‘cha”si tashkil qilinadi.

Powered by GSpeech