Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan:
– 2024-yil 15-17-oktyabr kunlari Bishkek shahrida DARYA loyihasi doirasida
“Markaziy Osiyoda ko‘nikmalar va malakalar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik vaziyatlari”
mavzusida o‘tkazilgan mintaqaviy seminarda ishtirok etildi.
– 2024-yil 5-7-noyabr kunlari Fransiyaning Lion shahrida ETF (European Training Foundation)
tomonidan tashkil etilgan “Norasmiy va informal ta’limni tan olish” mavzusidagi tajriba
almashish tashrifi o‘tkazildi.
– 2024-yilning 4-5-dekabr kunlari Toshkent shahrida
ETF ishtirokidagi DARYA loyihasi doirasida o‘tkazilgan
yuqori darajadagi guruh yig‘ilishida qatnashildi.
Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim va mehnat
vazirliklari rahbar o‘rinbosarlari, Yevropa Ittifoqi
rasmiylari, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki,
Osiyo taraqqiyot banki va YUNISEF kabi xalqaro tashkilotlar faol ishtirok etdilar.
– Joriy yilning 14-aprelida Institut rahbariyati tomonidan Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan «Oliy ta’limni transformatsiya qilish: samarali boshqaruv va sifatni ta’minlash» loyihasi (taxminan 110 mln. AQSH dollari) atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur tashabbusda Institut va Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining faol ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.