Menyu

“Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga nisbatan munosabati bilan belgilanadi” Sh.Mirziyoyev

Bugungi globallashuv davrida gender tengligi masalasi butun dunyo miqyosida eng dolzarb mavzulardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. «Gender Equality» – bu faqatgina ayollarning huquqlarini himoya qilish emas, balki jamiyatda erkak va ayolning birdek imkoniyatlarga ega bo‘lishi, har bir insonning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi demakdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UN) gender tenglikni insoniyat taraqqiyotining asosiy sharti sifatida belgilagan. “CEDAW” ­– “Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against Women” (1979) – “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida Konvensiya” hamda
“SDG 5” – “Sustainable Development Goals” – “Barqaror rivojlanish maqsadlari” gender tenglikni ta’minlashning xalqaro kafolatlari sifatida qabul qilingan.

O‘zbekistonda ham ushbu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-561-sonli (https://lex.uz/uz/docs/-4494709) hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli (https://lex.uz/mact/-4494849) Qonunlari mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari himoyasi borasida ustuvor yo’nalishlarni belgilab berdi.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi:

1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
2.Oʻzbekiston Respublikasining Senatdagi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi;
3.Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha vakolatli mansabdor shaxs;
4.Vakolatli shaxsning majburiyatlarini bajarish davlat organi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.

Bugun ayollar ilm-fan, sport, madaniyat, tadbirkorlik va siyosat maydonida yuksak yutuqlarga erishmoqda. Bu esa O‘zbekistonda yaratilayotgan sharoitlar natijasidir. Shu bilan birga, gender tenglik faqatgina ayollar manfaatini emas, balki jamiyatning umumiy rivojlanishini ta’minlaydi. Zero, teng huquqli jamiyat – barqaror va adolatli jamiyat demakdir.

Powered by GSpeech